Oʻzbekistonga erkak sayyohlar koʻproq kelganmi yoki ayollar?

11:51 13 Fevral 2026 Welcome to uzbekistan
1423 0

2025-yilda Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda 11,7 million nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlarning 6 404 283 nafarini erkaklar, 5 275 345 nafarini esa ayollar tashkil qilgan.

Turistlarning yosh boʻyicha taqsimoti quyidagicha koʻrinish olgan:

  • 0–18 yosh – 1 479 729 nafar;
  • 19–30 yosh – 1 924 358 nafar;
  • 31–55 yosh – 5 923 793 nafar;
  • 56 yosh va undan kattalar – 2 351 748 nafar.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yil davomida mamlakatimizga 200 ta davlatdan sayyohlar kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?