Namanganda 45 mln soʻm qalbaki pullarni sotayotgan shaxs ushlandi

13:18 11 Fevral 2026 Jamiyat
338 0

Namangan viloyatida 45 million soʻm qalbaki pullarni 18 million soʻmga sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Chortoq tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro B.S. 100 va 200 ming soʻmlik kupyuradagi jami 45 mln soʻm qalbaki pullarni fuqaro M.X.ga 18 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu shaxs avval ham shu kabi jinoyatni sodir etgani uchun sudlangan boʻlgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?