Qamchibek Tashiyev ishdan olinganiga munosabat bildirdi
Qamchibek Tashiyev Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etilgani haqidagi qaror u uchun “kutilmagan” boʻlganini maʼlum qildi. Uning murojaati tarafdorlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilindi, deb yozadi 24.kg.
Qamchibek Tashiyevning soʻzlariga koʻra, u avval oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun prezident ruxsati bilan xorijga chiqqan. U lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorni kutmaganini taʼkidlagan.

Shu bilan birga, u har qanday holatda ham davlat rahbarining qarori ijro etilishi lozimligini qayd etgan.
“Men davlatimizga, xalqimizga va prezidentga halol xizmat qildim va bundan faxrlanaman. Afsuski, shaxsiy tarkib bilan xayrlashish imkoni berilmadi. MXDQning har bir xodimiga minnatdorlik bildiraman va ularga muvaffaqiyat tilayman”, deyiladi murojaatda.
Murojaat yakunida Qamchibek Tashiyev fuqarolarni qonunlarga rioya qilishga va noqonuniy harakatlarga yoʻl qoʻymaslikka chaqirib, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash muhimligini urgʻulagan.
Maʼlumot uchun, Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ) raisi vazifasini vaqtincha Jumgalbek Shabdanbekov bajaradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring