Kanadada maktabda sodir boʻlgan otishma oqibatida 10 kishi halok boʻldi
Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Tumbler Ridge shaharchasida joylashgan katta sinflar maktabida sodir boʻlgan otishma oqibatida kamida 10 kishi halok boʻldi. Qurbonlar orasida hujum qilgan shaxs ham bor. Bu haqda RBC xabar berdi.
Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari maktab hududida olti nafar halok boʻlganning jasadini aniqlagan. Yana bir jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Hodisa bilan bogʻliq boshqa joyda yana ikki nafar halok boʻlgan shaxs topilgan. Gumonlanuvchi hujumchi esa oʻzini oʻzi jarohatlagani sabab oʻlik holda aniqlangan.
Ikki nafar jabrlanuvchi vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan. Yana qariyb 25 kishi mahalliy tibbiyot markazida jarohatlar boʻyicha tekshiruvdan oʻtmoqda.
Hujumchi haqida dastlabki xabarlarda u qoʻngʻir sochli, koʻylak kiygan ayol sifatida tasvirlangan. Toshkent vaqti bilan soat 06:46 da xavf haqidagi ogohlantirish bekor qilingan. Politsiya maʼlumotiga koʻra, boshqa gumonlanuvchilar yoʻq. Huquq-tartibot idoralari jabrlanganlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
Shimoliy okrug rahbari, bosh superintendant Ken Floyd halok boʻlganlar orasida necha nafar bola va kattalar borligi, shuningdek, hujumchi voyaga yetgan-yetmagani haqida aniq maʼlumot bermadi. U bunga shaxsiy hayot daxlsizligini sabab qilib koʻrsatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring