Durov Rossiyada Telegram cheklanishiga izoh berdi
Telegram asoschisi Pavel Durov fuqarolar erkinligini cheklash hech qachon toʻgʻri qaror emasligini maʼlum qildi. U shu tariqa Rossiyada messenjer faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlarga munosabat bildirdi.
“Rossiya oʻz fuqarolarini kuzatuv va siyosiy senzura uchun yaratilgan davlat nazoratidagi ilovadan foydalanishga majburlash maqsadida Telegramʼga kirishni cheklamoqda”, — deb yozdi Durov.
Pavel Durovning aytishicha, sakkiz yil avval Eron ham xuddi shunday strategiyani sinab koʻrgan.
“Sakkiz yil oldin Eron ham shunday yoʻl tutdi — va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U asossiz bahonalar bilan Telegramʼni taqiqlab, odamlarni davlat ilovasiga oʻtishga majbur qilmoqchi boʻldi. Biroq taqiqqa qaramay, eronliklarning koʻpchiligi hamon Telegramʼdan foydalanmoqda (senzurani aylanib oʻtib) va kuzatuvga moyil ilovalar oʻrniga uni afzal koʻrmoqda”, — dedi u.
Durov taʼkidlashicha, fuqarolar erkinligini cheklash hech qachon toʻgʻri yechim emas. U Telegram har qanday bosim sharoitida ham soʻz erkinligi va maxfiylik tamoyillarini himoya qilishini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring