Navoiy xalqaro aeroportida yoʻlovchi tashish hajmi yiliga 150 ming nafarga yetkaziladi
“Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–50-son, 09.02.2026-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Qarorga koʻra, quyidagilar Navoiy xalqaro aeroportida loyihaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib belgilangan:
2030-yilga kelib:
- aeroportda amalga oshirilayotgan parvozlar sonini 2,3 barobarga oshirib, yiliga 7 mingtaga yetkazish;
- yoʻlovchi tashish hajmini yiliga 150 ming nafarga hamda yuk tashish hajmini 45 ming tonnaga yetkazish.
Shuningdek, “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ “Uzbekistan Airports” AJning markazlashgan operativ boshqarish tizimidan ajratilgan holda uning faoliyatiga loyihaviy boshqaruv tamoyillari joriy etiladi.
“Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ ijro etuvchi organiga quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi beriladi:
- oʻz daromadlari hisobidan aviatsiya xizmatlari eksportini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha xizmatlar turlarini kengaytirish;
- havo kemalariga aviayonilgʻi quyish va xorijiy aviatashuvchilar tomonidan olib kelingan aviayonilgʻini saqlash boʻyicha jahon aviatsiya bozori konyunkturasiga mos tariflarni belgilash.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring