Usta dehqonlarga 75 million soʻmgacha subsidiya beriladi
“2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–49-son, 05.02.2026-y.) qabul qilindi.
Mazkur qarorga koʻra, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlari joriy etiladi:
- yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyish maqsadida usta dehqonlarga har 10 ta xonadonni ixtisoslashtirganligi uchun 2 mln soʻm hamda mahalladagi xonadonlarning 30 foizini ixtisoslashtirganligi uchun 75 mln soʻm miqdorida subsidiya;
tomorqa va ijara yer maydonlaridagi samarasiz eski bogʻlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini barpo etish uchun quyidagi subsidiyalar:
- sertifikatga ega mevali daraxt koʻchati narxining 50 foizi, biroq har bir koʻchat uchun meva turiga qarab 30 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
- mevalarning turiga qarab har bir oʻrnatilgan tirgak (ustun) narxining 50 foizi, biroq 70 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
- har bir sotixga yomgʻir suvini yigʻish va (yoki) tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatish uchun 160 ming soʻmgacha miqdorda;
- suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlarda tomorqa va ijara yer maydonlarini sugʻorish uchun tik quduqlarni burgʻilash va quvvati 10 kVt soatdan kam boʻlmagan quyosh panelini oʻrnatish uchun xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 mln soʻmdan oshmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring