Angrenda turarjoy binosidagi yongʻinda bir kishi halok boʻldi
8-fevralga oʻtar kechasi Angren shahrida toʻrt qavatli turarjoy binosining eng yuqori qavatida joylashgan kvartirada yongʻin sodir boʻldi. Hodisa oqibatida bir nafar inson halok boʻlgani maʼlum qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston FVV xabar berdi.
Yongʻin haqidagi xabar navbatchi qismga soat 23:19 da kelib tushgan. Oʻt oʻchiruvchilar 11 daqiqa ichida voqea joyiga yetib borib, binodagi barcha aholini evakuatsiya qilgan. Soat 23:57 da yongʻin lokallashtirilgan, 00:50 ga kelib esa toʻliq oʻchirilgan.
Keyinchalik vazirlik maʼlum qilishicha, voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov ham yetib kelgan. Jabrlanganlar soni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring