Senat Raisi Yoshlar parlamenti aʼzolari bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida “Parlament oromgohi” oʻquv seminarida ishtirok etayotgan Yoshlar parlamenti aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Yoshlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlardagi oʻrni va faolligini kuchaytirish, shuningdek, ularni qonun ijodkorligi jarayonlari, jamoatchilik nazorati hamda hududiy muammolarni hal etishga keng jalb etish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlanganidek, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti yoshlarning manfaatlarini ifoda etish, ularning taklif va tashabbuslarini tizimli ravishda shakllantirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish va davlat dasturlarini takomillashtirishga ularni jalb qilish boʻyicha muhim institut sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu bois Yoshlar parlamentining har bir aʼzosi aniq vazifa va masʼuliyat asosida ish olib borishi zarurligi taʼkidlandi.
Yoshlar parlamenti aʼzolariga qonunchilik faoliyatida faol ishtirok etish, Senat qoʻmitalari va mahalliy Kengashlar bilan hamkorlikni kengaytirish, hududlarda yoshlar muammolarini oʻrganish va amaliy takliflar ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar berildi. Qonunlar va davlat dasturlarining ijrosini joylarda oʻrganishga yoshlarni jalb etish muhimligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, yoshlar bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, xotin-qizlarni STEM yoʻnalishlariga keng jalb qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalarida Yoshlar parlamenti aʼzolarining oʻrni alohida qayd etildi.
Shuningdek, mahalliy byudjetni shakllantirishda yoshlar manfaatlarida takliflar bildirish, eng muhimi byudjet nazoratida faol ishtirok etish hamda yoshlar orasida narkojinoyatlarga qarshi kurashish borasida targʻibotni kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Yoshlarning parlamentga oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga, xususan 2026-yilda Samarqand shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Yoshlar parlamentlari aʼzolarining global konferensiyasini tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻz navbatida, Yoshlar parlamenti aʼzolari oliy taʼlim muassasalarida sunʼiy intellekt asoslari fanini joriy etish, xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, yoshlar bandligini taʼminlash hamda velosportni ommalashtirish kabi takliflarni ilgari surdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring