“Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari 20 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama oladi
“Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Unga koʻra, 2026–2028-yillarda:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti sifatida faoliyat olib boruvchi “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etiladi;
- “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbar, pedagog boshqa xodimlarining tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama joriy etiladi;
- yangi tashkil etilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, birinchi navbatda, oliy maʼlumotli tarbiyachilar ishga qabul qilinadi. Bunda tarbiyachilar tanlov asosida saralab olinadi.
- oʻrta maxsus maʼlumotli tarbiyachilar 5 kun bogʻchada va 1 kun oliygohda oʻqitiladigan dual taʼlim 2025/2026 oʻquv yilidan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring