Oʻzbekistonning doimiy aholisi mustaqillik yillarida qanchaga koʻpaydi?
2026-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 38 million 236 ming 704 kishini tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Doimiy aholi soni mustaqillik yillarida 17,6 million nafarga koʻpaygan.
Ushbu koʻrsatkich yillar kesimida quyidagicha taqsimlangan (1-yanvar holatiga):
- 1991-yil — 20 607,7 ming kishi;
- 1995-yil — 22 461,6 ming kishi;
- 2000-yil — 24 487,7 ming kishi;
- 2005-yil — 26 021,3 ming kishi;
- 2010-yil — 28 001,4 ming kishi;
- 2015-yil — 31 022,5 ming kishi;
- 2020-yil — 33 905,2 ming kishi;
- 2021-yil — 34 558,9 ming kishi;
- 2022-yil — 35 271,3 ming kishi;
- 2023-yil — 36 024,9 ming kishi;
- 2024-yil — 36 799,8 ming kishi;
- 2025-yil — 37 543,2 ming kishi;
- 2026-yil — 38 236,7 ming kishi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, aholi soni mustaqillik yillarida 85,6 foizga ortgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring