Amir Temur nomidagi stipendiya taʼsis etiladi
Prezidentning “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Unga koʻra, har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb eʼlon qilinadi va uning doirasida umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari, harbiy qismlar va harbiy taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlar, mahallalarda temurshunos olimlar, yozuvchilar va sanʼatkorlar ishtirokida uchrashuvlar, badiiy-maʼrifiy tadbirlar uyushtiriladi.
Joriy yil 9-10-aprel kunlari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.
Shuningdek, Amir Temur va temuriylar davri tarixi bilan bogʻliq turkum kitoblar, ilmiy va ilmiy-ommabop asarlar tayyorlanadi va chop etiladi.
Bundan tashqari, Prezident qaroriga muvofiq Amir Temur va temuriylar merosi oliy taʼlim tashkilotlari talabalari tomonidan oʻrganilishini ragʻbatlantirish yuzasidan oliy taʼlim tashkilotlari magistratura bosqichi talabalari uchun Amir Temur nomidagi stipendiyani taʼsis etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish vazifasi ham belgilangan.
Ishlab chiqilgan takliflar 2026-yil iyun oyiga qadar Prezident Administratsiyasiga taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring