Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 7-8-fevral, dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Unga koʻra, ertaga, 7-fevral kuni respublika hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi 7-12 iliqqacha koʻtariladi.
Yakshanba kuni asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqni, kunduzi 10-15 daraja iliqni tashkil etadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 6 va 8-fevral kunlari ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkent shahrida dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat ertaga kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq, yakshanba kuni kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring