Voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish va toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama etildi
Senat yalpi majlisida voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish va toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama etildi.
Taʼkidlanganidek, parlament soʻrovi yuzasidan Hukumat tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 2025-yil davomida “Masʼuliyatli ota-onalik” dasturlari doirasida 22 ming nafar ota-ona hamda 30 mingga yaqin nizoli oilalar oʻqitilgan. Oʻquvlarda asosiy eʼtibor ota-onaning farzand oldidagi burchi, masʼuliyati va javobgarligiga qaratilgan.
Shuningdek, ota-onalar masʼuliyatini oshirishga bagʻishlangan 10 ga yaqin nomlardagi oʻquv qoʻllanmalari, 40 dan ziyod targʻibot materiallari tayyorlangan.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori bir oylik minimal isteʼmol xarajatlari qiymatidan kam boʻlmasligi yuzasidan qonunchilikka oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar tayyorlangan.
“Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasini shakllantirish manbalari yanada kengaytirilib, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining har oylik daromadlarining xarajatlariga nisbatan ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan jamgʻarmaga mablagʻ yoʻnaltirish tizimi joriy qilingan.Shuningdek, aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Gʻaznachiligi elektron tizimi (UzASBO) bilan toʻliq integratsiya qilingan.

Markaziy bank boshqaruvining “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qaroriga asosan voyaga yetmagan bolalar nomiga bank hisobvaragʻi ochishning huquqiy asoslari belgilangan.
Muhokamada parlament soʻrovi doirasida muayyan ishlar amalga oshirilgan boʻlsa-da, eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masalalar ham saqlanib qolayotgani qayd etildi.

Doimiy ish joyiga ega boʻlmagan yoki daromadi aniqlanmagan aliment toʻlovchidan voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish tartibini takomillashtirish, “Bolalarga aliment undirish va oilani taʼminlashning boshqa shakllarining xalqaro tartibi toʻgʻrisida”gi Gaaga Konvensiyasiga qoʻshilish, aliment toʻlovchi haqida maʼlumot boʻlmasa, voyaga yetmagan bola taʼminotini hal etish kabilar shular jumlasidandir.
Muhokama yakunida yuqoridagi masalalarni oʻz ichiga olgan Senat qarori qabul qilindi.
Akmal MUHAMMADOV, Yunus BOʻRIYEV
(“Xalq soʻzi”) olgan suratlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring