Fuqarolarni Janubiy Koreya va Latviyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

11:47 06 Fevral 2026 Jamiyat
413 0

Foto: DXX

Namangan viloyatida fuqarolarni xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Namangan shahridagi konsalting firma rahbari 25 yoshli fuqaroning ishonchiga kirgan holda, tanishlari orqali uni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishini vaʼda qilgan. U buning evaziga 10 ming dollar talab qilib, oldindan 1,5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Namangan shahrida faoliyat olib boruvchi boshqa bir konsalting firma ish yurituvchisi oʻzining tanishlari orqali, Toʻraqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi 28 yoshli fuqaroni Latviya davlatiga ishga yuborish evaziga 2 ming dollar olgan vaqtida qoʻlga olingan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?