Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida “Insoniy birodarlik” mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
“Abu-Dabida Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik” mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etganim men uchun ulkan Sharaf.
Mukofot hakamlar hayʼati va tashkiliy qoʻmitasidagi hamkasblarimga samarali hamkorlik uchun samimiy minnatdorchiligimni izhor etaman. Bu chindan ham bebaho va ilhombaxsh tajriba boʻldi», — deydi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari insoniy birodarlik soʻzlarda emas, balki kundalik amallarda — har bir insonning qadr-qimmatiga hurmatda, eʼtiborda va gʻamxoʻrlik qilishda namoyon boʻlishini ham alohida taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring