“Istanbul Bashakshehir” yirik gʻalabaga erishdi
Bugun, 4-fevral kuni futbol boʻyicha Turkiya kubogi musobaqasining 3-turi doirasida “Istanbul Bashakshehir” jamoasi “Fotih Karagyumryuk” klubi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 4:1 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 8-daqiqada Abbosbek Fayzullayev tomonidan ochildi. 22-daqiqada esa Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi. Biroq bundan 4 daqiqa oʻtib, Shomurodov kichik jarohati tufayli maydonni tark etdi. Birinchi boʻlim 2:0 hisobida yakunlandi.
50-daqiqada Eldor Shomurodov oʻrniga maydonga tushgan Migel Krespo jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. 65-daqiqada Ivan Brnich hisobni 4:0 koʻrinishiga keltirdi. 79-daqiqada Abdul Kone hisobni qisqartirdi. Shu tariqa bahs 4:1 hisobida “Bashakshehir”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Ushbu gʻalaba evaziga “Istanbul Bashakshehir” jamoasi Turkiya kubogi musobaqasining “A” guruhida uchinchi oʻringa koʻtarilib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring