Xodimdan tortib direktorgacha: Pop tumanida davlat oʻrmon xoʻjaligi mansabdorlari qoʻlga olindi (+video)
Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi mansabdor shaxslari bilan bogʻliq noqonuniy holatlar aniqlandi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligiga tegishli hududlarda oʻtkazilgan tekshiruv ishlari davomida xoʻjalik yer maydonlarini ijaraga olgan 5 nafar tadbirkor tomonidan tegishli tashkilotlar ruxsatisiz, oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlar qurilib, yer uchastkasining ixtisoslashuvi oʻzgartirilishi oqibatida davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani fosh qilingan.

Shuningdek, 460 nafar ijarachilardan ijara pullari undirilmaganligi oqibatida davlat manfaatlariga 1 milliard 480 million soʻm zarar yetkazilgani aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, oʻrmon xoʻjaligi mansabdorlari ayrim ijarachilar bilan til biriktirib, 2023-2025-yillar davomida jami 5 356 metr/kub noruda materiallarni noqonuniy qazib olib, davlatga 1 milliard 322 million soʻmlik zarar yetkazgan.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 193, 196-1, 207 va 229-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligining boʻlim oʻrmonbegisi muqaddam xoʻjalik balansida boʻlgan va keyinchalik tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan yerlardan 20 sotix qismini tanishlari orqali, Chust tumanida yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan fuqaroga turar-joy sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu pul mablagʻidan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat kadastrlar palatasining Pop tuman filiali mutaxassisi ham ushlangan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Aniqlangan yana bir holatda esa, Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxs xizmat mavqeidan foydalanib, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibini buzgan holda, mahalliy tadbirkorga xoʻjalik balansidagi 50 sotix yer maydonini shartnoma asosida ijaraga berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring