“Manchester Siti” markaziy oʻyinda durang oʻynadi
Kecha, 1-fevral kuni Angliya Premyer ligasining 24-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidagi markaziy bahsda “Manchester Siti” safarida “Tottenhem” jamoasi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 11-daqiqada Rayan Sherki tomonidan ochildi. 44-daqiqada Antuan Semenyo hisobni 0:2 koʻrinishiga keltirdi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 53-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Dominik Solanke hisobni qisqartirdi. 70-daqiqada Solankening oʻzi jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Shu tariqa, bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Uning harakatlari “SofaScore” tahliliy portali tomonidan 6,8 ballga baholandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring