Eron Tramp tahdidlardan voz kechmaguncha AQSH bilan muzokara olib bormaydi

15:05 31 Yanvar 2026 Dunyo
928 0

Eron AQSH bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarga kirishmaydi, agar Amerika yetakchisi Donald Tramp tahdid qilishdan voz kechmasa. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi maʼlum qildi. Uning soʻzlarini The New York Times keltirdi.

Aroqchining taʼkidlashicha, ikki davlat oʻrtasidagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan har qanday muzokara adolatli va teng huquqli yondashuvga tayanishi lozim hamda tahdidlar bilan boshlanishi mumkin emas.

“Biz muzokaralarga qanday tayyor boʻlsak, urushga ham shunday tayyormiz”, — deya qoʻshimcha qildi u.

Tashqi ishlar vaziri Eronning ballistik raketalari masalasi boʻyicha har qanday muhokamani qatʼiy rad etdi. Uning aytishicha, mazkur tizim mamlakat xavfsizligi uchun hayotiy ahamiyatga ega.

“Men buni juda aniq va bir maʼnoli qilib aytishim shart: Eron raketalari, Eron mudofaa tizimi hech qachon hech qanday muzokara predmetiga aylanmaydi”, — deya urgʻu berdi Aroqchi.

Bundan avval AQSH prezidenti Eron tomon “Abraham Lincoln” aviakemasi boshchiligida “ulkan armada” yoʻl olganini maʼlum qilgan va Tehronni 2025-yil yozidagi hujumlardan ham kuchliroq zarba bilan tahdid qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?