Oʻzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ortib bormoqda

16:49 30 Yanvar 2026 Iqtisodiyot
752 0

2026-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida jami 2 137 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Faoliyat yuritayotgan korxonalar soni hududlar kesimida quyidagicha:

  • Toshkent shahri – 1 305 ta;
  • Toshkent viloyati – 298 ta;
  • Samarqand viloyati – 115 ta;
  • Fargʻona viloyati – 70 ta;
  • Andijon viloyati – 58 ta;
  • Jizzax viloyati – 55 ta;
  • Buxoro viloyati – 43 ta;
  • Namangan viloyati – 43 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 31 ta;
  • Xorazm viloyati – 30 ta;
  • Navoiy viloyati – 30 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 23 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 18 ta;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 18 ta.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, mavjud korxonalarning 496 tasi qoʻshma va 1 641 tasi xorijiy korxonalar hissasiga toʻgʻri keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?