Buxoroda profilaktika inspektori oʻzini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qoldi (+video)
Buxoroda oʻzini daryoga tashlagan ayol profilaktika inspektori tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, kecha, 29-yanvar kuni soat 16:30 lar orasida Vobkent tumani markazidan oqib oʻtuvchi daryoga ayol oʻzini tashlagan.
Shu vaqtda xizmat vazifasini oʻtayotgan Vobkent tumani IIB profilaktika inspektori, kapitan Amrillo Rasulov mazkur voqeaga guvoh boʻlib, oʻzini suvga tashlaydi va ayolni qirgʻoqqa olib chiqishga muvaffaq boʻladi.

Zudlik bilan chaqirilgan tez tibbiy yordam xodimlari va IIB xodimlari tomonidan ayol tuman shifoxonasiga yetkazilgan. Shifokorlarning saʼy-harakatlari natijasida ayolning hayoti saqlab qolingan.
Dastlabki surishtiruvlar natijasida daryoga oʻzini tashlagan ayol hali 30 yoshga ham toʻlmagan, Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro ekani maʼlum boʻlgan. Uning 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligi haqida maʼlumot berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring