Poytaxt tumanlarida “Qaytaruv guruhlari” faoliyati tashkil qilinadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentimiz raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida yurtimizda eʼtiqod erkinligi Konstitutsiya bilan mustahkamlangani va diniy bagʻrikenglik siyosatini davom ettirilishi taʼkidlandi.
Biroq bugungi kunda turli radikal va ekstremistik gʻoyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlarimiz ongini zaharlashga urinayotgani, faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib boʻlmasligi qayd etildi.
Maqsad – adashganni toʻgʻri yoʻlga qaytarish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish.
Qayd etilishicha, bundan buyon poytaxtning har bir tumanida “Qaytaruv guruhlari” faoliyati doimiy asosda tashkil qilinadi.
Ushbu guruhlarga Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti, Oʻzbekiston Milliy universitetining yetuk mutaxassislari jalb qilinadi. Guruh aʼzolari moddiy ragʻbatlantiriladi.
Kiberjinoyatlar kundan-kunga koʻpayib, uning turlari 18 tadan 62 taga chiqdi. Ayniqsa, shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash, sunʼiy intellekt orqali ovoz va yuz qiyofasini oʻxshatish, zararli fayllarni tarqatish avj olyapti.
Oʻzlashtirilgan mablagʻlar kriptovalyuta shaklida chetga chiqarilmoqda.
Bularni tezkor fosh etish va toʻxtatish uchun huquq-tartibot xodimlari kibertexnologiyalar va sunʼiy intellektni mukammal egallashi lozimligi qayd etildi.
Shu bois, Ichki ishlar vazirligida kiberjinoyatchilik boʻyicha alohida departament tashkil qilinadi va unga vazirning oʻzi masʼul boʻladi.
Adliya vazirligida kiberjinoyatchilik va raqamli huquq boʻyicha alohida boshqarma ochiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring