Prezident sportchilarning aksariyati bezoriga aylanib ketayotgani haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida soʻnggi paytlarda jinoiy guruhlar oldi-berdi munosabatlarga, biznes faoliyatga aralashib, tadbirkorlar va investorlarga tahdid solayotgani qayd etildi.
Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, AQSH va boshqa davlatlardagi elchixonalarimizda ichki ishlar vakili lavozimi joriy qilindi. Ushbu vakillar xorijdagi hamkasblari bilan ishlab, bunday zoʻravonliklarga nisbatan qonun ustuvorligini taʼminlaydi, yurtdoshlarimizni yot gʻoyalar taʼsiriga tushishining oldini oladi.
Mutasaddilarga transchegaraviy va virtual maydonda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha yaxlit tizimni yoʻlga qoʻyish topshirildi. Ichki ishlar vazirligida uyushgan jinoyatchilik boʻyicha alohida xizmat tashkil qilinadi.
Oʻtgan yili poytaxtda ushlangan uyushgan jinoiy guruhlar tarkibida 259 nafar “ogʻir” toifadagi yoshlar va sportchilar boʻlgani oʻta tashvishli hol ekani qayd etildi.
Sportchilarning aksariyati koʻcha bezorisiga aylanib ketayotgani, joylarda pul uchun yashirin janglar tashkil qilish holatlari koʻpaygani qayd etildi.
Mutasaddilarga bu yoʻnalishda nazoratni taʼminlash vazifasi qoʻyildi. Jangovar sport turlari bilan shugʻullanayotgan yoshlarni kasbga oʻqitib, salohiyatiga mos ish bilan band qilish tizimini yaratish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring