Profilaktika inspektorlarining jamoat ishlariga koʻp jalb qilinayotgani tanqid qilindi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash boʻyicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida huquq-tartibot tizimi poytaxtdagi yangiliklarga mos ishlamayotgani tanqid qilindi.
Poytaxtning huquq-tartibot idoralari rahbarlari – prokuror vazifasini bajaruvchi A.Oʻrmonov, ichki ishlar (Sultonxoʻjayev), departament (birinchi oʻrinbosar Kenjayev), xavfsizlik (Berliboyev), gvardiya (Ortiqov), sud (Ismoilov), adliya (birinchi oʻrinbosar Nazarov), bojxona (Saidov), soliq rahbari (Nasimjonov) respublikaga namuna boʻlmayapti. Buning uchun poytaxtda resurs ham, kuch-vositalar ham, ilmiy salohiyat ham yetarli boʻlishiga qaramasdan, haligacha eski “qolip”dan chiqib keta olmayotgani aytib oʻtildi.
Bu yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb nomlandi. Har qanday huquqbuzarlikning oldini olishda asosiy boʻgʻin – mahalla profilaktikasi. Lekin Toshkent shahridagi profilaktika xizmatlarining ishi toʻgʻri tashkil etilmagani uchun muammolar toʻplanib qolgani qayd etildi.
Ichki ishlar boshliqlari profilaktika inspektorlarini ertalab soat yettida va kechqurun oʻnda yigʻib, soatlab yigʻin oʻtkazadi. Ular huquqbuzarlik bilan ishlash oʻrniga kommunal qarzdorlik va aliment undirish, armiyaga yuborish va boshqa jamoat ishlariga ham jalb qilinyapti.
“Oqibatda ularni mahalladan topib boʻlmaydi. Bir nechta mahallaga oʻzim odam yubordim. Koʻpi ish joyida yoʻq yoki boshqa ishni qilib yuribdi”, dedi Prezidentimiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring