Prezident davlat stipendiyasiga nomzodlar uchun navbatdagi imtihon qachon oʻtkazilishi aytildi
Prezident davlat stipendiyasiga nomzodlar uchun navbatdagi imtihon sanasi belgilandi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlumki, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura bosqichi talabalari orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar uchun imtihonlar muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.
Nomzodlarning Axborot texnologiyalari, Xorijiy tillar va Oʻzbekiston tarixi fanlari boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun test sinovlari 2026-yil 27-yanvar kuni soat 09:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida oʻtkaziladi.
Talabgorlardan test sinovlari boʻlib oʻtadigan hududga soat 27-yanvar kuni 08:30 dan kech qolmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki ID karta) bilan yetib kelishlari soʻraladi.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi 12-uy.
Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/kD9Jdsu3ePGX8fzW9.
Maʼlumot uchun, belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring