20-yanvar kuni necha daraja sovuq boʻlishi aytildi
Foto: “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 20-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 17-22 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, choʻl hududning shimolida 10 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Samarqand viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring