Xorazmda dorilarni retseptsiz sotayotgan farmatsevt qoʻlga olindi
Hazorasp tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini shifokor retseptisiz sotayotgan dorixona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “X.D.D.” MCHJ dorixonasi farmatsevti G.X. fuqaro O.A.ga “Omeprazol” dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida dorixona mudirining moddiy javobgarligida boʻlgan qatʼiy hisobda turadigan bemorlarga retsept asosida berish uchun qabul qilib olingan 10 turdagi jami 2 846 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud boʻlgan dori vositalarining kamomadi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 271-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring