Oʻzbekistonda 1-fevraldan poyezd chiptalari narxi 15 foizga oshadi
2026-yil 1-fevraldan boshlab “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” yoʻlovchi poyezdlari hamda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chipta narxlari 15 foizga oshiriladi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, narxlar yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga texnik xizmat koʻrsatish va ehtiyot qismlar xarajatlari oshgani, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarining koʻpaygani, harakat xavfsizligini toʻliq taʼminlash hamda xalqaro standartlar darajasida xizmat koʻrsatishni davom ettirish zarurati, elektropoyezdlar infratuzilmasini saqlash va doimiy modernizatsiya qilish ishlari hamda yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida oshirilmoqda.
Unga koʻra, joriy yilning 1-fevralidan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun yangilangan chipta narxlari quyidagicha boʻladi:
Toshkent — Buxoro
VIP — 1 138 000 soʻm
Biznes — 760 000 soʻm
Ekonom — 509 000 soʻm
Toshkent — Qarshi
VIP — 976 000 soʻm
Biznes — 642 000 soʻm
Ekonom — 429 000 soʻm
Toshkent — Samarqand
VIP — 709 000 soʻm
Biznes — 455 000 soʻm
Ekonom — 311 000 soʻm etib belgilandi.
Shu bilan birga, “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” yoʻlovchi poyezdlari chipta narxlari ham 15 foizga oshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring