Toshkentda 2 yoshli bola yurib ketayotgan mashinadan tushib ketdi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi markaziy koʻchalaridan birida harakatlanib ketayotgan avtomobildan yosh bola tushib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Shahar IIBB YHXB voqea yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat joriy yilning 13-yanvar kuni soat 17:05 larda poytaxtning Mustaqillik shoh koʻchasida roʻy bergan. 26 yoshli M.M. “Tracker-2” rusumli avtomashinani boshqarib kelayotganida, uning 2 yashar farzandi M.M. yoʻlning qatnov qismiga yiqilib tushgan. Maʼlumotda qayd etilishicha, hodisa haydovchining eʼtiborsizligi sababli, transport vositasining orqa chap eshigi ochilib ketgani sababli yuz bergan.
Xayriyatki, shu yoʻnalish boʻylab ushbu avtomashina orqasidan harakatlanib kelayotgan BYD rusumli avtomashina haydovchisining hushyorligi sababli mudhish YTHning oldi olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring