Yevropa Erondagi namoyishchilarni qoʻllamoqda
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Eron hukumatining namoyishchilarga nisbatan harakatlarini keskin qoraladi va yangi sanksiyalar taklif qilish niyatini bildirdi.
“Eronda qurbonlar sonining koʻpayishi dahshatli. Men haddan tashqari kuch ishlatish va davom etayotgan erkinlik cheklovlarini eng qatʼiy tarzda qoralayman. Yevropa Ittifoqi allaqachon «Islom inqilobi” qoʻriqchilari korpusini inson huquqlarini buzganlik uchun sanksiyalar roʻyxatiga kiritgan», — deb yozgan Lyayen X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.
U yangi cheklov choralarini zudlik bilan taklif qilish kerakligini taʼkidlagan va Yevropa Ittifoqi koʻchalarga jasorat bilan kirib, oʻz erkinligi uchun kurashayotgan Eron xalqi tomonida ekanligini qoʻshimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring