Xorazmda Telegram-bot orqali giyohvandlik vositasi sotganlar aniqlandi
Xorazm viloyatida internet ijtimoiy tarmoqlari orqali giyohvandlik vositalarini sotish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Yangiariq tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Telegram messenjerida kanal-bot tashkil etgan shaxslar fuqaroga 0,5 gramm gashish giyohvandlik vositasini sotishga kelishib, giyohvandlik vositasini BOT tomonidan taqdim qilingan geolokatsiya boʻyicha Urganch tumani, “Killavut” mahallasidagi uy oldida qoldirib, evaziga 224,4 ming soʻmni fuqaro Y.G.ning bank kartasiga oʻtkazib olganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring