Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi
Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 17–18–19-yanvar kunlari oʻtkaziladi. Bu haqida Taʼlim nazorati Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlumot berdi.
Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani “my.gov.uz” veb-saytidagi “Mening arizalarim” boʻlimi orqali yuklab olishlari mumkin boʻladi.
Ruxsatnomada test sinovi oʻtkaziladigan sana, vaqt va manzil koʻrsatilgan boʻlib, talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelish soʻraladi.
Test sinovi oʻtkaziladigan binolarga kirish:
- 1-smena: 07:00– 08:30;
- 2-smena: 13:00 – 14:30.
Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring