Mutaxassislar sunʼiy intellektning jadal rivojlanishi sabab smartfon va kompyuterlar qimmatlashishini maʼlum qildi
Sunʼiy intellekt uchun maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari (data center) qurilishi smartfonlar va kompyuterlar uchun moʻljallangan xotira mikrosxemalari taqchilligiga olib kelishi mumkin. Bu esa maishiy elektronika narxlarining oʻsishiga sabab boʻladi, deb xabar bermoqda Financial Times.
Mutaxassislar taʼkidlashicha, Amazon, Google,Meta, OpenAI va boshqa yirik kompaniyalar sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun yuqori oʻtkazuvchanlikka ega xotira chiplariga (HBM — High Bandwidth Memory) katta ehtiyoj sezmoqda.
Shu sababli mikrosxema ishlab chiqaruvchilar oʻz resurslarining katta qismini aynan HBM chiplarini yaratishga yoʻnaltirmoqda. Bu esa oddiy isteʼmolchilar uchun moʻljallangan, kompyuter va smartfonlarda qoʻllaniladigan chiplar ishlab chiqarilishi hajmining qisqarishiga olib kelmoqda.
Morgan Stanley banki tahlilchilariga koʻra, maishiy elektronika narxlarining sezilarli darajada oshishi 2026-yilning birinchi yarmidayoq roʻy berishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring