Toshkent viloyatida “uddaburon” fuqarolar 400 million soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻrincha ishlatib yubordi
Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Piskent tumani “Birlik” MFY Maʼrifat koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro U.D. taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda “zangori yoqilgʻi”dan foydalanib kelayotgani fosh qilingan.
Mazkur qonunbuzilish holati boʻyicha 211 million 264 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.
Yana bir shu kabi holat, Ohangaron tumanining “Qiziloy” MFYda ham qayd etilgan.
Unga koʻra, fuqaro T.S. tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib olib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 189 million 388 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Hozirda yuqoridagi holatlarga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring