Mudofaa sohasidagi xorijiy atamalarning oʻzbekcha muqobillari taklif etildi
Illyustrativ foto
Mudofaa sohasidagi 41 ta xorijiy atamaning oʻzbekcha muqobillari taklif etildi. Bu haqda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, xorijiy atamalarni oʻzbekcha muqobillariga almashtirish boʻyicha tegishli tashkilotlar ishchi guruhlari yuborgan takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan koʻrib chiqilgan.
Akselbant — Zarhal bogʻ(ich);
Ambrazura — Shinak;
Ataka — Hamla;
Baraban(chi) — Nogʻora(chi);
Blindaj — Panajoy;
Blokada — Qamal;
Blokpost — Toʻsiqpost;
Bronejilet — Zirhnimcha;
Veshmeshok — Yukxalta;
Gaupvaxta — Tutuqxona;
Gorn(chi) — Burgʻu(chi);
Diversant — Qoʻporuvchi;
Diversiya — Qoʻporuvchilik;
Dozor — Erovul;
DOT — UMMON, MJON;
Dubinka — Tayoq;
Zapal — Chaqnatkich;
Kaska — Dubulgʻa;
Kokarda — Jigʻa;
Kotelok — Qozoncha;
Kursant — Kursant, tinglovchi;
Lager — Jamloq;
Marsh — Yurish;
Mishen — Nishon;
Okop — Xandaq;
Payok — Payok;
Planshet — Yonchiq;
Poligon — Dala oʻquv maydoni;
Protivogaz — Gazniqob;
Rejim — Tartibot;
Stvol — Oʻqquvar;
Transheya — Xandaq yoʻlagi;
Trevoga — Bong;
Trenchik — Zanjirbogʻ;
Tribunal — Harbiy mahkama;
Fortifikatsiya — Istehkom;
Furajka — Boʻrk;
Shevron — Uqa;
Emblema — Tanuq.
Taʼkidlanishicha, hozircha ular shunchaki taklif maqomida boʻlib, mutaxassislar hamda keng jamoatchilikdan fikr olish uchun eʼlon qilingan. Atamalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz hamda oʻz takliflaringizni yozib qoldirishingiz mumkin!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring