Talabalar diqqatiga! Ertaga ijara shartnomaga kompensatsiya olish uchun ariza berishning oxirgi kuni

11:12 06 Yanvar 2026 Jamiyat
310 0

Maʼlumki, 1-yanvar sanasidan boshlab ijara shartnomaga kompensatsiya olish uchun ariza berish ochilgan edi. Ushbu jarayon ertaga, 7-yanvar kuniga qadar davom etadi.

Maʼlum qilinishicha, ijara shartnoma uchun arizani istalgan kunda yuborish mumkin, faqat oyning 7 sanasiga qadar yuborilgan soʻrovlargagina mazkur oy uchun shartnoma miqdorining maʼlum qismi qoplab beriladi. Yaʼni 8-yanvarda ariza yuborsangiz ham shartnoma miqdorining maʼlum qismi qoplab berish keyingi oyga qolib ketadi.

Mazkur xizmatdan «my.gov.uz» havolasi orqali oʻtib, foydalanishingiz mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?