Oʻzbekistonning tashqi qarzi qanchaligi maʼlum qilindi
Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil 1-oktyabr holatiga Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi 75,4 milliard dollarni tashkil etgan. Bu haqda regulyatorning “Oʻzbekiston Respublikasi toʻlov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqeyi va tashqi qarzi” boʻyicha eʼlon qilingan sharhida aytib oʻtilgan.
Qayd etilishicha, 2025-yilning uchinchi choragi yakuniga kelib mamlakatning yalpi tashqi qarzi 82,4 milliard dollarga yetgan. Ushbu qarz miqdorining 37,4 milliard dollari davlat tashqi qarzi hisoblanadi. Qolgan qariyb 38 milliard dollar esa xususiy hamda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb etilgan korporativ qarzlarga toʻgʻri keladi.
Maʼlumotlarga koʻra, yilning toʻqqiz oyi davomida davlat tashqi qarzi 10 foizdan ortiqqa oʻsgan boʻlsa, korporativ qarz hajmi qariyb 27 foizga oshgan.
Shu bilan birga, sharhda davlat tashqi qarzi qoldigʻining choraklik oʻsish surʼatlarida sezilarli pasayish kuzatilgani taʼkidlangan. Xususan, yilning birinchi choragida oʻsish 5,7 foizni, ikkinchi chorakda 3 foizni tashkil etgan boʻlsa, uchinchi chorakda bu koʻrsatkich 1,2 foizgacha pasaygan.
Markaziy bank maʼlumotida taʼkidlanishicha, 2025-yil 1-oktyabr holatiga davlat tomonidan xorijdan jalb qilingan qarz mablagʻlari qoldigʻi 37,4 milliard dollarga teng boʻlgan. Shu bilan birga, xoʻjalik subyektlari va tijorat banklarining norezidentlardan olgan korporativ kredit va qarzlari hajmi 38 milliard dollarni tashkil etgan.
Bildirilishicha, norezidentlardan jalb qilingan korporativ qarz mablagʻlari asosan xususiy sektor, jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, aylanma mablagʻlarni toʻldirish, biznes faoliyatini kengaytirish hamda boshqa maqsadlar uchun, davlat kafolatisiz jalb etilgan mablagʻlarni oʻz ichiga oladi.
Shuningdek, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi hamda xalqaro reyting agentliklari oʻz bayonotlarida Oʻzbekistonning tashqi qarz yuki oʻrtacha darajada ekanini, qarzlarning asosiy qismi imtiyozli shartlarda olinganini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring