Sunʼiy intellekt boʻyicha yetakchi boʻlgan maktablar elektromobil bilan taqdirlanadi
Sunʼiy intellekt boʻyicha yetakchi boʻlgan maktablar elektromobil bilan taqdirlanadi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlum qildi.
Bildirilishicha, 2025-yil 31-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va koʻnikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yoʻnaltirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 849-sonli qarori qabul qilingan.
Unga koʻra, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasini amalga oshirish va mazkur loyiha doirasida yil yakuniga koʻra eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar, ularning oʻqituvchilari hamda taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullangan.
Har yili “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash boʻyicha milliy tanlov oʻtkazib borilishi belgilandi.
Bunda tanlov gʻoliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʻalar, jumladan:
- 100 nafar oʻqituvchi — 1 000 AQSH dollari ekvivalentida pul mukofoti;
- 10 nafar oʻqituvchi — xorijiy sayohatga yoʻllanma;
- 500 nafar yoshlar — noutbuk;
- 500 nafar yoshlar — qimmatbaho sovgʻalar;
- 3 ta oliy taʼlim tashkiloti — pul mukofoti;
- 2 ta umumtaʼlim maktabi (“Prezident sovgʻasi”) — elektromobil bilan taqdirlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring