Tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlari narxlari bir yilda 6,4 foizga oshdi

14:04 02 Yanvar 2026 Jamiyat
443 0

Tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlari narxlari bir yilda 6,4 foizga oshdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, 2025-yil noyabr oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish narxlari oktyabr oyiga nisbatan, yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,5 foizga qimmatlashgan.

Mazkur turdagi xizmatlar narxlari yil boshidan buyon 5,3 foizga, 2024-yilning mos davriga nisbatan esa 6,4 foizga oshgani kuzatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?