Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat xarajatlari qoplab beriladi
Hukumat qarori (835-son, 29.12.2025-y.) bilan “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Nizomga koʻra, 2025-yil 27-maydagi PQ–193-son qarorga muvofiq “Oʻzbekekspertiza” AJ (vakolatli organ) tomonidan mebel va yogʻochsozlik mahsulotlari mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash boʻyicha toʻlov undirilmasdan ekspertizadan oʻtkaziladi.
Shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.
“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Kompaniya) tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar sertifikat yoki ekspert xulosasining amal qilish muddati davomida 1-marta qoplab beriladi.
Vakolatli organ mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilib berishi uchun Kompaniyaga har hafta yakuni bilan tegishli maʼlumotlar koʻrsatilgan reyestrni taqdim etgan holda murojaat qiladi.
Bunda vakolatli organ tomonidan reyestr Kompaniyaga elektron platforma (subsidiya.epauzb.uz) orqali yuboriladi.
Vakolatli organning kompensatsiya olish boʻyicha murojaati Kompaniya tomonidan murojaat kelib tushgan sanadan boshlab 7 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi va xarajatlarni qoplab berish yuzasidan qaror qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring