Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi davlatlarga borayotgani aytildi
2025-yilning yanvar-noyabr oylarida qariyb 7 million nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Joriy yilning 11 oyida Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp safar qilgan TOP-10 davlat:
- Qirgʻiz Respublikasi — 3,1 mln nafar;
- Qozogʻiston — 1,3 million nafar;
- Tojikiston — 1,2 million nafar;
- Rossiya — 399 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni — 296,4 ming nafar;
- Turkiya — 251,1 ming nafar;
- BAA — 126,3 ming nafar;
- Misr — 61 ming nafar;
- Xitoy — 46 ming nafar;
- Vyetnam — 35,6 ming nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 1,3 million nafarga yoki 23 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring