Qoraqalpogʻistonda PPX xodimi 10 mln soʻm pora bilan ushlandi
Videodan kadr
Qoraqalpogʻistonda patrul-post xizmati xodimi 10 million soʻm pora bilan ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2001-yilda tugʻilgan fuqaro sodir etgan huquqbuzarligining jazo chorasini yengillashtirmoqchi boʻlib, har xil yechimlarni topishda oʻzi tamagirlik tuzogʻiga tushib qolayotganini sezgan. Shundan soʻng u Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan.
Murojaat asosida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tanishining muammoli ahvolidan foydalangan patrul-post xizmati xodimi uning yashash xonadoniga borib, profilaktika inspektori ish yurituvida boʻlgan materiallar boʻyicha ishni sud tibbiyot ekspertizasi orqali yengillashtirib berish evaziga 10 million soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan post-patrul xizmati xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bilan ish ochilib, “uy qamogʻi” ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring