Ukraina yana bir muhim aholi punktini yoʻqotdi
Ukraina qoʻshinlari Donetsk viloyatidagi Seversk shahrini tark etdi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi qoʻshinlar Seversk shahrini tark etganini tasdiqlagan. Ukraina qoʻshinlarining mazkur hududdan olib chiqib ketilishi askarlar hayoti va boʻlinmalarning jangovar samaradorligini saqlab qolish uchun amalga oshirilgani bilan izohlanmoqda. Maʼlumki, joriy yilning 11-dekabr kuni Rossiya armiyasi shaharni toʻliq egallab olganini maʼlum qilgan edi.
“Rossiya qoʻshinlari son jihatdan ustunligi va qiyin ob-havo sharoitida kichik hujum guruhlarining doimiy bosimi tufayli oldinga siljishga erishdi. Moskva kuchlari ishchi kuchi va texnikada sezilarli ustunlikka ega va katta yoʻqotishlarga qaramay, hujumkor operatsiyalarini davom ettirmoqda”, — deyiladi Ukraina bosh shtabi bayonotida.
Maʼlumot uchun, Seversk shahrida taxminan 11 ming kishi istiqomat qilgan. U Kramatorsk va Slavyanskka boradigan yoʻlda Ukraina tomonidan ushlab turilgan soʻnggi muhim aholi punktlaridan biri hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring