“Biz uni egallashimiz kerak”. Tramp yana Grenlandiya masalasini koʻtardi
AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyaga nisbatan daʼvolar mavzusiga yana qaytdi. U Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida jurnalistlar bilan muloqot chogʻida AQSh uchun Grenlandiya strategik ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
“Bizga Grenlandiya milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan kerak. (…) Biz uni egallashimiz shart”, deydi Tramp.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, u AQSh xavfsizligini Grenlandiya sohillari yaqinida harakatlanayotgan Rossiya va Xitoy kemalari bilan bogʻliq ehtimoliy tahdidlardan himoya qilishni maqsad qilgan.
Bu bayonotlarga javoban, avvalroq Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen va Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen qoʻshma bayonot bilan chiqib, oʻz pozitsiyalarini qatʼiy ekanini bildirgan edi.
“Boshqa bir davlatni shunchaki anneksiya qilib boʻlmaydi. (…) Grenlandiya grenlandiyaliklarga tegishli”, deyiladi mazkur bayonotda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring