Rossiyadagi hibsxonada tugʻilgan 1 yoshli qizaloq Oʻzbekistonga qaytarildi
Foto: “Dunyo”
Rossiyadagi hibsxonada dunyoga kelgan bir yashar qizaloq Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Rossiyaning Saxa Respublikasi (Yoqutiston)da mehnat faoliyatini yuritayotgan Oʻzbekiston fuqarosi (ayol) xatoga yoʻl qoʻyib, jinoiy javobgarlikka tortilgan. U oʻta yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga aloqadorligi uchun Yoqutiston shahar sudi tomonidan 9-yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Shundan soʻng, u hibsxonada qiz farzandini dunyoga keltirgan. Qizaloq tugʻilgandan soʻng Yoqutiston – Saxa Respublika oilaviy tarbiyaga koʻmaklashish markaziga topshirilgan.
Mahkuma ayolning onasi bolani olib ketish uchun Saxa Respublikasiga kelgan va Oʻzbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasiga yordam soʻrab murojaat qilgan. Bosh konsulxona tomonidan Rossiya Tashqi aloqalar va xalqlar ishlari vazirligi Yoqutiston okrugi maʼmuriyatining Vasiylik va homiylik departamentiga aloqaga chiqilgan.
Departament bilan bolani buvisiga berish boʻyicha muloqot amalga oshirilib, bu boʻyicha bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro konvensiyalar asosida tegishli hujjatlar tayyorlangan. Soʻng esa Bosh konsulxona tomonidan bolani Oʻzbekistonga qaytarish uchun maxsus sertifikat rasmiylashtirilib, Rossiya hukumati koʻmagida bir yoshli S.M. belgilangan tartibda buvisiga topshirilgan.
Yoqutistondagi oʻzbek diasporasi faollari koʻmagida buvi va nabiraga Yoqutiston–Novosibirsk–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviachiptalar xarid qilingan boʻlib, ular eson-omon Vatanga qaytarilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring