Oʻzbekistonda havo sifati yana yomonlashishi mumkin
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekistonda havo sifati yana yomonlashishi va joriy hafta soʻngiga qadar saqlanib turishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Prognozlarga koʻra, yogʻingarchiliklardan soʻng mamlakatimizda ob-havo haroratining nisbatan iliqlashishi fonida atmosferada inversiya jarayonlari yana faollashmoqda. Shu bois pastki atmosfera qatlamlarida mayda dispers zarrachalar — PM2,5 va PM10 toʻplanib qolishi va ayrim hududlarda ular konsentratsiyasi oshishi mumkin.
Maʼlum qilinishicha, mazkur jarayon respublikaning koʻplab hududlarida, jumladan Toshkent shahri, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ayniqsa yaqqol namoyon boʻlib, ertalab, kechqurun va tungi soatlarda atmosferaning pastki qatlamlarida havo almashinuvining cheklanishiga olib kelmoqda. Natijada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi qiyinlashadigan noqulay meteorologik sharoit shakllanmoqda.
Tabiiy-geografik joylashuvi, relyef xususiyatlari va sinoptik sharoitlariga koʻra, Oʻzbekiston hududi umumiy holda atmosfera inversiyasi tez-tez va deyarli doimiy kuzatiladigan mintaqalar qatoriga kiradi.
Dastlabki prognozlarga koʻra, respublika boʻylab iliq ob-havo harorati hamda inversiya jarayoni mazkur haftaning oxirigacha saqlanib turishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring