Andijonda bozor rastasi qulab sotuvchini bosib qoldi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi kiyim-kechak bozorida, bozor rastasi qulab tushgani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi mazkur voqea yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, ushbu xabar yuzasidan masʼullardan iborat tezkor ishchi guruh tuzilib, oʻrganish ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, holat kecha, 21-dekabr kuni soat 11:00 atrofida Xoʻjaobod tumani buyum bozori hududida yuz bergan.
Ushbu holat tadbirkorning doʻkon oldiga qoʻlbola usulda qurib olgan rastasi talabga javob bermaganligi, bundan tashqari savdo rastasining yuqori qismiga keragidan ortiq ogʻir (qishki) kiyimlar ilingani tufayli sodir boʻlgan.
Hodisa oqibatida yuqoridagi kamchiliklarga yoʻl qoʻygan bir nafar tadbirkor tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan va zudlik bilan malakali tibbiy yordam koʻrsatilgan. “Hozirda tan jarohati olgan tadbirkorning ahvoli yaxshi, boshqa jabrlanuvchilar aniqlanmagan”, deyiladi hokimlik munosabatida.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda hodisa sabablari oʻrganilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring