20-dekabr kuni aksar hududlarda qor yogʻishi kutilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
“Oʻzgidromet” 20-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yollarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, biroz qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yollarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) bolishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yollarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, chol hududning shimolida 6-8 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yollarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yollarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Yollarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yollarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring