Kambagʻal oilalarga oʻrmon fondi yerlarida ekilgan daraxtlar uchun subsidiya ajratiladi
Hukumat qarori (798-son, 18.12.2025-y.) bilan “Kambagʻal oila aʼzolariga oʻrmon fondi yerlarida ekilgan daraxtlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Mazkur nizomga koʻra, kambagʻal oila aʼzolariga oʻrmon fondi yerlarida ekilgan va parvarishlangan har 100 ta daraxt uchun bazaviy hisoblash miqdori ning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.
Talabgor oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti tomonidan tayinlangan masʼul xodim (murabbiy) tavsiya va koʻrsatmalariga asosan tanlangan maydonda yerni tayyorlaydi, daraxt koʻchatlarini 1 mavsum davomida ekadi va parvarishlaydi.
Shuningdek, murabbiy tuman (shahar) ekologiya boʻlimi bilan birgalikda talabgor tomonidan ekilgan daraxt koʻchatlarini joyiga chiqqan holda dalolatnoma va fotohisobot asosida qabul qilib oladi.
Tuman (shahar) ekologiya boʻlimi tomonidan “Ekofaol fuqaro” platformasida har bir talabgor uchun shaxsiy kabinet ochilib, unga ekilgan daraxt koʻchatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritib boriladi.
Shuningdek, kiritilgan maʼlumotlar tuman (shahar) ekologiya boʻlimi tomonidan 5 ish kuni ichida tasdiqlanadi yoki tasdiqlanishi rad etiladi.
Tuman (shahar) ekologiya boʻlimi ekilgan daraxt koʻchatlari soniga mutanosib ravishda subsidiyaning 50 foizini talabgorga toʻlab berish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalariga talabnoma yuboradi.
Ekologiya boshqarmalari subsidiya mablagʻlarini 5 ish kuni mobaynida talabgorning bank kartasiga oʻtkazib beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring